Специальные возможности
Вид

Обычный

Черно-белый

Затемненный

Размер шрифта

100%

  • 16:11:59 (GMT+5)
  • 21.11.2024 Чт

Dunyoning boshqa mamlakatlaridagi mnp xizmati tajribasi

08 октябр, 2023

2022

Mobil aloqa, rivojlanib borar ekan, u yangi turdagi boshqa bir xizmarlatlarning shakllanishiga turtki beradi. Bugungi kunning eng yorqin va qiziqarli misoli – bu “Mobile Number Portability” – Mobil raqamini ko‘chirish imkoniyati (inglizchada, MNP). Bu xizmat boshqa mobil operatoriga o‘tish vaqtida abonent raqamini saqlab qolish imkonini nazarda tutadi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadi-ki, ko‘plab abonentlar o‘z operatorlarini tark etishni istashadi, ammo ular aloqa sifati, narxi va boshqa parametrlaridan qoniqmagan bo‘lsalar-da, operatorlaridan voz kecha olmaydilar. Abonentlarda raqam almashtirish vaqtida to‘plangan kontaktlardan mahrum bo‘lish qo‘rquvi mavjud. MNP xizmati bu muammoni hal qilish imkonini beradi.

MNP xizmati allaqachon Yevropa ittifoqining barcha mamlakarlarida, Singapur, Gongkong, Avstraliya, AQSH va Kanadada muvaffaqqiyatli targ‘ib qilingan. Chet el aloqa bozorining tahlili shuni ko‘rsatadi-ki, xizmat targ‘ib qilingan sanadan boshlab keyingi 1-2 yil muddat ichida ko‘chirilgan raqamlar 5% ni tashkil qilishi mumkin. Masalan, xizmat targ‘ib qilinganidan keyin Germaniya hududida 150 ming ko‘chirishlar amalga oshirilgan, Belgiyada esa 11 oy ichida – 180 mingdan ortiq sondagi abonent raqamlari bir operatordan boshqasiga ko‘chirilgan. Gongkongda esa MNP xizmati targ‘ib qilingan vaqtning birinchi yilidayoq 95% abonentlar o‘z operatorlarini almashtirgan.

MNP xizmati bir qator bizga chegaradosh qo‘shni davlatlarda – Belarus Respublikasida, Rossiyada, Qozog‘iston, Ozorbayjon, Armaniston va Ukrainada, – faoliyat olib bormoqda.

MNP xizmati Rossiyada 2013-yil dekabrida ishga tushurildi. Ko‘chirilgan abonent raqamlari ma’lumotlar bazasining operatori etib Rossiya Federal aloqa vazirligi negizidagi organ, ya’ni markaziy ilmiy-tadqiqot aloqa instituti (MITAI) tayinlandi. Rossiya hududida ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgan birinchi yili 921 mingga yaqin abonentlar o‘z aloqa operatorlarini almashtirgan. 2021-yil sentyabri holatiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasidagi ushbu ko‘rsatkich 20,8 mln.ni tashkil qiladi.

MNP xizmati 2016-yil yanvaridan boshlab Qozog‘iston Respublikasida ham amal qilmoqda va faoliyat yurutish huquqiga ega Qozog‘iston Respublikasi Ma’lumot va kommunikatsiya Vazirligi negizidagi “Davlat texnik xizmati” Respublika davlat korxonasi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uning faoliyat yurutishi, uni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun mas’ul va ushbu ma’lumotlar bazasi resurslariga kirish huquqini beruvchi organ deb topildi. 2016-yilning birinchi ikki oyi natijalariga ko‘ra 30 mingga yaqin abonent o‘z operatorlarini almashtirishga qaror qilgan.

Umumiy qilib aytganda, xizmatning yo‘lga qo‘yilishi mobil aloqa operatorlari orasidagi raqobatni kuchaytirishga, natijada, xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga sabab bo‘ladi.