Maxsus imkoniyatlar
Ko'rinish

Odatiy ko'rinish

Oq-qora ko'rinish

Qoraytirilgan ko'rinishda

Shrift o'lchami

100%

  • 17:05:01 (GMT+5)
  • 18.05.2024 Sha

Jahon tajribasini o‘rganish

09 октябр, 2023

1475

Xizmatni targ‘ib qilish borasidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi hududida 2018-yilda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  14.05.2018 yildagi PQ-3724-sonli qarori qabul qilinganidan so‘ng yo‘lga qo‘yildi. Ushbu qarorga asosan, abonentning telefon raqamiga biriktirilgan va mijozni masofadan turib identifikatsiyalovchi tartib samarali amal qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligiga (kelgusida matnda “Axborot-kommunikatsiya Vazirligi” deb yuritiladi) mobil aloqa abonenti boshqa mobil operatoriga o‘tayorgan vaqtida uning telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifa qilib yuklatildi.

Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zlab Axborot va kommunikatsiya Vazirligining, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK ning mutaxassislarini va O‘zbekiston mobil tarmog‘i operatorlari vakillarini o‘z ichiga oluvchi Ishchi guruh tasdiqlandi. 2019-yilning 19-avgustidan 23-avgustigacha bo‘lgan muddat ichida abonent raqamini mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirish xizmati yechimlarini o‘rganish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi hududida ish safari tashkillashtirildi.

Moskva shahri va Ostona shahriga bo‘lgan safar doirasida Rossiya markaziy ilmiy-tadqiqot aloqa instituti va Qozog‘iston Respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsiyalar va aerokosmos sanoati Vazirligi mutaxassislari bilan tajriba almashish va mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmatini targ‘ib qilish bosqichida va ishga tushirilgandan keyingi bosqichda operatorlararo faoliyat jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuvlar tashkillashtirildi.